O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

tarmoqlararo balans
hisoblanadi. Tarmoqlararo balansning dastlabki nazariy asoslari sobiq ittifoq davrida 
ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik u asli Rossiyalik bo’lgan hamda AQSHga o’tib 
ketgan iqtisodchi V.Leontev tomonidan 
«xarajatlar – natijalar»
modeli sifatida 
takomillashtirilgan holda ishlab chiqildi (17.3-chizma).
V.Leontev iqtisodiy tahlilning «xarajatlar – ishlab chiqarish» usulida eng avvalo 
e’tiborni iqtisodiyotdagi miqdoriy aloqalarga qaratadi. Tarmoqlar o’rtasidagi bu 
aloqalar texnologik koeffitsientlar (I kvadrantdagi a
11
, a
12
, a
13
va h.k. belgilar) orqali 
o’rnatiladi.
Tarmoqlararo balans jadvali to’rtta kvadrantdan iborat. Birinchi kvadrantga 
mahsulot ishlab chiqarishga moddiy sarflar ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Ikkinchi 
kvadrantga shaxsiy iste’mol, jamg’arish, davlat xaridi va eksport sifatida 
foydalaniluvchi pirovard mahsulot ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Uchinchi 
kvadrantdan qo’shilgan qiymat (ish haqi, foyda, soliqlar) va import ko’rsatkichlari 
o’rin olgan. To’rtinchi kvadrantda sof milliy mahsulotni qayta taqsimlash 
ko’rsatkichlari joylashgan. Tarmoqlararo aloqalar jadvali ustunlari bo’ylab 
xarajatlarni, ya’ni har bir tarmoq bo’yicha mahsulot qiymatini tashkil etuvchi 
unsurlarni, satrlar bo’yicha esa – milliy iqtisodiyot har bir tarmog’i mahsulotini 
taqsimlash tarkibiy tuzilmasini aks ettiradi.
Tarmoqlararo balans modelida bir tarmoqdagi pirovard talab yoki ishlab chiqarish 
sharoitidagi o’zgarishlar boshqa barcha o’zaro bog’liq tarmoqlarning miqdoriy 
ta’sirini kuzatish orqali o’rganiladi. Bu esa qandaydir tovarga bo’lgan ehtiyojlar yoki 
uni ishlab chiqarish texnologiyasidagi har qanday o’zgarishlar muvozanatlashgan 
narxlar tarkibini o’zgartirib, texnologik koeffitsientlarning ham o’zgarishiga olib 
kelishini anglatadi.
 

Download 8,58 Mb.
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish