3. Iqtisodiy o’sish modellari
Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o’sish sur’atlarini, omillarini o’rganish hamda
uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli
iqtisodiy o’sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o’z mazmuniga
ko’ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy
83
Saidova G. Modеrnizatsiya, tехnichеskoye obnovlеniye i divеrsifikatsiya proizvodstva, shirokoye vnеdrеniye
innovatsionniх tехnologiy – nеobхodimoye usloviye viхoda Uzbеkistana na noviе rubеji na mirovom rinkе. // «Jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» mavzusidagi Rеspublika
ilmiy-amaliy anjumani matеriallari. TDIU, 2009 yil 5 may.
339
muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab
chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda neoklassik nazariya namoyondalari bizningcha
bir tomonlama bo’lgan quyidagi noto’g’ri nazariy shartlarga asoslanadilar:
1)
mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi;
2)
ishlab chiqarish omillarining har biri o’zining keyingi qo’shilgan
mahsulotiga tegishli ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qo’shadi.
Shunga ko’ra, bunga javoban barcha keyingi qo’shilgan mahsulotga teng keluvchi
daromad ham oladi;
3)
mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur bo’lgan resurslar o’rtasida
miqdoriy bog’liqlik mavjud;
4)
ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular o’rtasida
o’zaro bir-birining o’rnini bosish imkoniyati mavjud.
Biz oldingi mavzularda aytganimizdek, neoklassik va boshqa ayrim yo’nalishdagi
nazariyotchilar bu yerda ham ikkita uslubiy xatoga yo’l qo’yadilar:
1)
ular ishlab chiqarish omillarining barchasi bir xil qiymat yaratadi, ular
qiymatni yaratishda baravar ishtirok etadi, deb hisoblaydilar. Xolbuki, barcha ishlab
chiqarish vositalari hech qanday yangi qiymat yaratmaydilar, balki o’zlarining
qiymatlariga teng miqdordagi qiymatni jonli mehnat yordamida yangi yaratilgan
mahsulotga o’tkazadilar. Lekin barcha omillar yaratilgan va o’sgan (ko’paygan)
mahsulotning nafliligini yaratishda qatnashadilar;
2)
ular doimo barcha omillar ichida jonli mehnatning faol rol o’ynashini,
qolganlari esa passiv rol o’ynashini unutadilar. Chunki hech bir tabiiy resurs, kapital
resurlari jonli mehnat tomonidan harakatga keltirilmasa, o’zicha harakatga kela
olmasligi, irib-chirib o’z joyida ham jismonan, ham qiymati yo’q bo’lib ketishi,
ularning qiymati faqat jonli mehnat tomonidan saqlab qolinishi million yillardan beri
milliard martalab tasdiqlanib kelmoqda. Lekin negadir ularning bunga e’tibor bergisi
kelmaydi.
Neoklassik model ko’p omilli hisoblanib, amerikalik iqtisodchi P.Duglas va
matematik Ch.Kobb yaratgan ishlab chiqarish funktsiyasi asos qilib olingan. Kobb-
Duglas modelida ishlab chiqarish hajmining o’sishida ishlab chiqarish turli
omillarining ulushini aniqlashga harakat qilinib, u quyidagicha ifodalanadi:
L
AK
Y
,
bu yerda:
Y – ishlab chiqarish hajmi;
K – kapital sarflari;
L – ishchi kuchi sarflari;
A – mutanosiblik koeffitsienti;
va
- ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi va kapital sarflari bo’yicha
elastiklik koeffitsienti.
Elastiklik koeffitsienti bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi natijasida boshqa
bir ko’rsatkich miqdorining o’zgarishi darajasini ifodalaydi. Shunga ko’ra,
koeffitsienti kapital sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha foizga
340
o’sishini,
koeffitsienti esa ishchi kuchi sarflarining 1%ga o’sishi ishlab chiqarish
hajmining necha foizga o’sishini ko’rsatadi.
va
ning yig’indisi ishchi kuchi va
kapital sarflarining bir vaqtning o’zida 1%ga o’sishi ishlab chiqarish hajmining necha
foizga o’sishini ko’rsatadi.
Ch.Kobb va P.Duglas o’z tadqiqotlarida AQSH qayta ishlash sanoatining 1899-
1922 yillar mobaynidagi ish faoliyatini tahlil qilib, ishlab chiqarish funktsiyasining
ko’rsatkichlarini aniqlashga harakat qilganlar:
75
,
0
25
,
0
01
,
1
L
K
Y
.
Bu ko’rsatkichlar shuni anglatadiki, o’sha davrda AQSH qayta ishlash sanoatida
kapital sarflarining 1%ga oshirilishi ishlab chiqarish hajmini 0,25%ga, ishchi kuchi
sarflarining 1%ga oshirilishi esa ishlab chiqarish hajmini 0,75% ga oshishiga olib
kelar ekan.
Keyinchalik Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funktsiyasini golland iqtisodchisi
Yan Tinbergen yanada takomillashtirib, unga yangi omil – texnika taraqqiyoti
ko’rsatkichini kiritdi. Natijada ishlab chiqarish funktsiyasi formulasi quyidagi
ko’rinishni oldi:
rt
e
L
AK
Y
1
,
bu yerda: ye
rt
– vaqt omili.
Ishlab chiqarish funktsiyasiga vaqt omilining kiritilishi endilikda nafaqat miqdor,
balki «texnika taraqqiyoti» atamasi orqali uyg’unlashuvchi sifat o’zgarishlari – ishchi
kuchi malakasining o’sishi, innovatsiya jarayonlarining kuchayishi, ishlab chiqarishni
tashkil etishning takomillashuvi, jamiyat miqyosida ma’lumotlilik darajasining oshishi
va boshqalarni ham aks ettirish imkonini berdi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha modeli makroiqtisodiy muvozanatning keynscha
nazariyasini rivojlantirish va unga tanqidiy yondoshish natijasida vujudga kelgan. Bu
modellar orasida ingliz olimi R.Xarrod va amerikalik olim ye.Domarning iqtisodiy
o’sish modellari e’tiborga molik hisoblanadi. Har ikkala modelning umumiy jihatlari
mavjud bo’lib, ular quyidagilar orqali shartlanadi:
1) ular neoklassik modellardan farqli o’laroq bir omilli model hisoblanadi. Ya’ni
bu modellarda milliy daromadning o’sishi faqat kapital jamg’arishning funktsiyasi
hisoblanib, kapital samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi bandligining
oshishi, FTT yutuqlaridan foydalanish darajasining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil
etishning yaxshilanishi kabi boshqa barcha omillar nazardan chetda qoldiriladi; 2)
ishlab chiqarishning kapital sig’imi ishlab chiqarish omillari narxlarining nisbatiga
bog’liq bo’lmay, faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari orqali aniqlanadi.
Neokeynscha modelda investitsiyalarning o’sishi iqtisodiy o’sish va uning
sur’atlarini belgilovchi omil hisoblanib, u bir tomondan, milliy daromadning o’sishiga
imkon yaratadi, ikkinchi tomondan esa, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi. O’z
navbatida daromadning o’sishi bandlikning oshishiga imkon yaratadi. Investitsiya
hajmining ko’payishi natijasida kengaygan ishlab chiqarish quvvatlari daromadning
o’sishi orqali to’liq ishga tushirilishi lozim.
341
SHunga ko’ra, ye.Domarning modelida quyidagi tenglik orqali muvozanatning
ta’minlanishi shart qilib qo’yiladi:
|