2. Iqtisodiy o’sishning omillari Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar
taklif omillari deb ham atalib,
iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:
1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati;
2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;
3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;
4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.
Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy
o’sishni tavsiflash mumkin.
Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi, kapital va tabiiy resurslar
sarflarining funktsiyasi hisoblanadi, ya’ni:
)
,
,
(
N K L f Y
,
bu yerda:
Y – yalpi ichki mahsulot;
L – ishchi kuchi sarflari;
K – kapital sarflari;
N – tabiiy resurslar sarflari.
Bu funktsional bog’lanishdan kelib chiqqan holda iqtisodiy o’sishni belgilab
beruvchi bir qator xususiy ko’rsatkichlarni keltirib chiqarish mumkin:
1)
mehnat unumdorligi (Y/L) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining jonli
mehnat sarflariga nisbati;
2)
mehnat sig’imi (L/Y) – jonli mehnat sarflarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga nisbati;
3)
kapital samaradorligi (Y/K) – mahsulot ishlab chiqarish hajmining unga
sarflangan kapital xarajatlariga nisbati;
336
4)
kapital sig’imi (K/Y) – kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish
hajmiga nisbati;
5)
tabiiy resurslar samaradorligi (Y/N) – mahsulot ishlab chiqarish
hajmining qo’llanilgan tabiiy resurslar miqdoriga nisbati;
6)