• 1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari
  • Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi
  • -mavzu. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o’sish va milliy boylik




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet342/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    17-mavzu. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o’sish va milliy boylik 
    1.Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari. 
    2.Iqtisodiy o’sishning omillari…… 
    3.Iqtisodiy o’sish modellari 
    4.Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi…. 
    5.O’zbekistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va 
    natijalari 
    Jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa barcha muammolarni hal qilishning 
    asosiy yo’li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va iqtisodiy o’sishiga 
    erishishdir. Aholi farovonligining oshirib borishi ham pirovard natijada iqtisodiy 
    o’sish darajasi va sur’atlariga bog’liq. Shu sababli ushbu mavzu iqtisodiy 
    rivojlanishning mohiyati, uning darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar, iqtisodiy 
    o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlarini bayon qilish bilan boshlanadi. Mavzu 
    davomida iqtisodiy o’sishning omillari, milliy boylik va uning tarkibiy tuzilishi, 
    iqtisodiy o’sish borasida mavjud bo’lgan turli modellar mazmunini yoritib berishga 
    ham o’rin ajratiladi. 
    1. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, turlari va ko’rsatkichlari 
     
    Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi 
    sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.
    Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon 
    boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi, 
    sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi. 
    Iqtisodiy o’sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga 
    real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga 
    oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM 
    mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi 
    jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush 
    darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
    Mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko’rsatkichlar (real 
    YaIM va aholi jon boshiga real YaIMning o’sishi) miqdoriy ko’rsatkichlar bo’lib, ular 
    birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to’liq hisobga olmaydi va shu sababli 
    farovonlikning haqiqiy o’sishini to’liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real YaIM 
    va aholi jon boshiga YaIMning o’sishi bo’sh vaqtning sezilarli ko’payishini aks 
    ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko’rsatilishiga olib keladi; 
    uchinchidan, iqtisodiy o’sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof 
    muhitga va
     
    insonning hayotiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. 
    Shunga ko’ra, iqtisodiy o’sishning barcha tavsifi yillik o’sish sur’atlarining 
    foizdagi o’lchovida to’liq o’z ifodasini topadi: 


    332 
    %
    100
    '



    davr
    bazis
    davr
    bazis
    davr
    joriy
    YaIM
    YaIM
    YaIM
    S
    O
    ,
     
    bu yerda: 
    O’S – iqtisodiy o’sish sur’ati, foizda; 
    YaIM
    bazis davr
    – taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YAIM hajmi; 
    YaIM
    joriy davr 
    – joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi. 
    Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar natijasida 
    1996 yildan boshlab oldingi yilga nisbatan, 2001 yildan boshlab esa 1991 yildagi 
    darajaga nisbatan YAIM hajmining barqaror ravishda o’sishiga erishildi. Jahon 
    moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirida yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarga 
    qaramay, 2008 yilda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 9 foizni tashkil etdi 
    (17.1-chizma).

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy o’sish va milliy boylik

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish