• Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet341/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    Asosiy tayanch tushunchalar: 
     
    Iste’mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish 
    natijalari va omillaridan foydalanish jarayoni. 
    Shaxsiy iste’mol – iste’molchilik tavsifidagi ne’matlar va xizmatlardan bevosita 
    foydalanishni, ya’ni ularning individual tarzda iste’mol qilinishi.


    330 
    Unumli iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi 
    kuchidan foydalanish.
    Iste’mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun 
    ishlatiladigan qismi. 
    Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi 
    ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida to’plab borilishi. 
    Iste’molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste’molga ketadigan ulushi. 
    Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan 
    ulushi. 
    Iste’molga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi natijasida 
    iste’mol sarflari hajmining o’zgarishi darajasi. 
    Jamg’arishga keyingi qo’shilgan moyillik – daromad hajmining o’zgarishi 
    natijasida jamg’arish hajmining o’zgarishi darajasi. 
    Iqtisodiy jamg’arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma 
    kapitallarni, shuningdek, ehtiyot va zahiralarni ko’paytirish uchun sarflanib borishi. 
    Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining 
    foizdagi ifodasi. 
    Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, 
    ya’ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.
    Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining 
    investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi. 
    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1. Iste’mol, jamg’arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha 
    ta’riflang.
    2. Iste’mol va jamg’armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab 
    ko’rsating.
    3. Iste’mol va jamg’arma funktsiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga 
    shartli raqamlar qo’llagan holda tushuntiring.
    4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg’arma nima va ularning grafikdagi joylashishi 
    qanday bo’ladi? 
    5. Jamg’arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi? 
    6. Iste’molga va jamg’armaga o’rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? 
    Iste’mol va jamg’armaga qo’shilgan moyillik qanday aniqlanadi? 
    7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? 
    Ularning qisqacha tavsifini bering. 
    8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o’zgarishining iqtisodiyotga ta’siri 
    qanday?
    9. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning klassik modelining 
    mohiyatini tushuntirib bering. 
    10. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modelining 


    331 
    mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntirib bering. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish