• 16.3-jadval Iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning texnologik jihatdan tarkibiy tuzilishi
  •  O’zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet338/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    5. O’zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari 
    O’zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy 
    islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda 
    yangi tarmoq va sohalarning yo’lga qo’ylishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining 
    kengaytirilishi, ish o’rinlarining tashkil etilishi tobora ko’proq mablag’ va resurslarni 
    jalb qilishni rag’batlantirmoqda. Jumladan, 2008 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish 
    uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSH dollari miqdorida 
    investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko’p bo’lib, yalpi 
    ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi
    78
    .
    Mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalarning texnologik 
    jihatdan tarkibiy tuzilishi ham takomillashib bormoqda (16.3-jadval). 
    16.3-jadval 
    Iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalarning texnologik jihatdan tarkibiy tuzilishi, 

    Tarkibiy qismlar 
    2010 yil 
    2020 yil 
    Qurilish-montaj ishlari 
    61 
    37 
    Uskunalar 
    25 
    39 
    Boshqa xarajatlar 
    14 
    24 
    Jami 
    100 
    100 
    Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. 
    Jadvaldan ko’rinadiki, agar 2010 yilda jami investitsiyalarning 61 foizi qurilish-
    montaj ishlariga, 25 foizi uskuna va jihozlarni sotib olishga yo’naltirilgan bo’lsa, 2008 
    yilda qurilish-montaj ishlarining salmog’i 37 foizga qadar pasayib, uskuna va 
    jihozlarni sotib olishga yo’naltirilgan mablag’larning salmog’i 39 foizga qadar o’sdi. 
    78
    Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
    choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 18-b. 


    327 
    Bu esa, jalb etilayotgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligining o’sishiga 
    ahamiyatli darajada ta’sir ko’rsatadi. Umuman olganda, o’zlashtirilgan barcha 
    investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik 
    qayta jihozlashga yo’naltirildi. 
    Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar 
    hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani e’tiborga sazovordir. 2020 yilda 1 
    milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi. 
    Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko’p demakdir. Eng muhimi, xorijiy 
    investitsiyalarning 74 foizini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon 
    inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb 
    etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko’payadi, 
    buning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalardir.
    2000 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga 
    investitsiyalar hajmi 744,5
     
    mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2008 yilga kelib bu 
    ko’rsatkich 8483,7 mlrd. so’mga yetdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy 
    dinamika iqtisodiyotning o’sishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatdi (16.4-jadval). 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O’zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlash va uning shart-sharoitlari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish