O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

16.5-chizma
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning 
keynscha modeli 
S,I

E
f
I
F
E I 
0 N F NI 

CHizmadan ko’rinadiki, grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik 


modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda 
esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy 
daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya 
darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq 
bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi.
Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari ye nuqtada kesishadi. Agar 
iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb 
tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (E
F
nuqta) ta’minlash uchun investitsiya I
F
darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. 
Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la 
bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy 
daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi. 
Investitsiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha 
modellari o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: 
birinchidan,
klassik 
modelda bu muvozanat ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la 


326 
bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko’rib 
chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan holatda ham erishish mumkin; 
ikkinchidan,
klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo’ladi. Keynscha 
modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; 
uchinchidan,
yuqorida 
ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, 
keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. 
Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi 
muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, 
ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq 
etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi 
boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda asosan ushbu modeldan 
foydalanamiz.

Download 8,58 Mb.
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish