3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli
qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya
nominal investitsiya , ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan
investitsion resurslar
real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining
jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va
investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda,
jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq
xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib
hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul
jamg’armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar,
jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- davlat budjeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Mamlakatimizda
investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham
yillar davomida o’zgarib bormoqda (16.2-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat
321
budjeti mablag’larining ulushi kamayib, korxona mablag’lari, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalar hamda nobudjet fondlar mablag’larining ulushi oshib bormoqda.