|
mahsulotning resurslar sig’imi (N/Y) Pdf ko'rish
|
bet | 347/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASImahsulotning resurslar sig’imi (N/Y)
– tabiiy resurslar sarfining mahsulot
ishlab chiqarish hajmiga nisbati;
7)
ishchi kuchining kapital bilan qurollanganlik darajasi (K/L)
– ishlab
chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan kapital hajmining ishchi kuchi miqdoriga
nisbati.
Iqtisodiy o’sishni tahlil qilishda yuqorida ko’rib chiqilgan ko’rsatkichlardan
tashqari yana
keyingi qo’shilgan ishlab chiqarish omillari unumdorligi
ko’rsatkichlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ko’rsatkichlar, boshqa omillar
sarfi o’zgarmagani holda, har bir alohida omil sarfining qo’shimcha o’sishi ta’sirida
mahsulot ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha o’sishi hajmini belgilab beradi:
1)
keyingi qo’shilgan mehnat unumdorligi (∆Y/∆L);
2)
keyingi qo’shilgan kapital unumdorligi (∆Y/∆K);
3)
keyingi qo’shilgan tabiiy resurslar unumdorligi (∆Y/∆N).
Bu ko’rsatkichlar yalpi mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmining o’sishida
har bir omilning hissasini namoyon etib, u quyidagicha aniqlanadi:
N
N
Y
K
K
Y
L
L
Y
Y
)
/
(
)
/
(
)
/
(
.
Iqtisodiy o’sishga
taqsimlash omillari
ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish
calohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy
jarayonga to’liq jalb qilingan bo’lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur.
Resurslarning o’sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning
yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo’ladi.
Real mahsulot ikki asosiy usulda ko’paytirilishi mumkin: 1) resurslarning
ko’proq hajmini jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yo’li bilan (17.3-
chizma).
|
| |