344
kontseptsiyaga XX asrning 70-yillarida asos solingan. Bu kontseptsiya tarafdorlarining
fikricha texnika taraqqiyoti va iqtisodiy o’sish atrof-muhitning ifloslanishi, tabiatga
zaharli moddalarning chiqarilishi, shahar qiyofasining yomonlashuvi va boshka shu
kabi ko’plab salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Aholi sonining tezlik bilan
ko’payib borishi, ishlab chiqarish mikyoslarining kengayishi natijasida ishlab
chiqarish, ayniqsa tabiiy resurslarning kamayib borishi pirovardida iqtisodiy o’sish
chegaralarini cheklab qo’yadi. Buning oqibatida ocharchilik, atrof-muhitning
buzilishi, resurslarning tugashi ro’y berib, tez orada aholi soni va sanoat ishlab
chiqarish hajmi keskin qisqara boshlaydi. Shunga ko’ra, «nol darajadagi iqtisodiy
o’sish» kontseptsiyasi tarafdorlari iqtisodiy o’sishni maqsadga muvofiq ravishda
ma’lum chegarada ushlab turish zarur, deb hisoblaydilar. Ular iqtisodiy o’sish tovar va
xizmatlar hajmining ko’payishini ta’minlashini tan olsalarda, bu o’sish bir vaqtning
o’zida turmush darajasining yuqori sifatini ta’minlay olmasligini ta’kidlaydilar.
O’z navbatida, mazkur kontseptsiya muholiflari iqtisodiy o’sishning yuqori
darajasini yoqlab, uning o’zi cheksiz ehtiyojlar va cheklangan resurslar o’rtasidagi
ziddiyatni yumshatishini, aynan yuqori darajadagi o’sish sharoitida jamiyatning
ijtimoiy zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlash imkoniyati vujudga kelishini
ko’rsatadilar. Atrof-muhitning ifloslanishi esa iqtisodiy o’sish oqibati bo’lmay, u
tabiiy resurslardan foydalanishdagi narx shakllanish tizimining noto’g’riligidan kelib
chiqadi. Shunga ko’ra, mazkur muammolarni hal etish uchun tabiiy resurslardan
foydalanishda qonuniy cheklovlar yoki maxsus soliqlarni kiritish, ifloslantirish huquqi
bozorini shakllantirish lozimligini ta’kidlaydilar.