|
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar Pdf ko'rish
|
bet | 359/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o’sish tushunchalarining
ta’rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini ko’rsating.
2.
Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
3.
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o’sish turlari
uchramaydi?
4. Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va ishlab
chiqarishining
samaradorligiga
baho
berishda
iqtisodiy o’sishning qanday
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi?
5.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini
tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang.
6.
O’zbekistonda nominal YAIM 2004 yil 12189,5 mlrd. so’mni, 2005 yil
15923,4, 2006 yil 20759,3, 2007 yil 28186,2 mlrd. so’mni tashkil qilgan. Uning yillar
bo’yicha o’sish sur’atlarini aniqlang. Respublika aholisi 2004 yil 26007, 2005 yil
26167,0, 2006 yil 26485,8, 2007 yil 27100 ming kishini tashkil qilganligini hisobga
olsak, aholi jon boshiga nominal YAIM o’sish sur’ati qanday o’zgargan?
7.
Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini ko’rsating.
8.
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o’ringa ega va u
qanday tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi?
9.
Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o’lchovida baholab, milliy
boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?
10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik
tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring.
18-mavzu. Milliy iqtisodiyotning muvozanati va mutanosibli rivojlanish.
1.Iqtisodiy muvozanat, uni ta’minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari……
|
| |