308
Oraliq kesmada yalpi talabning kengayishi bir vaqtning o’zida milliy ishlab
chiqarish real hajmining ko’payishiga va narx darajasining oshishiga olib keladi (15.9-
chizma).
15.9-chizma
Oraliq kesmada yalpi talab va yalpi taklif
muvozanatining o’zgarishi
P
AS
P
2
P
1
AD
2
AD
1
0 Q
1
Q
2
Q
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talabning AD
1
dan
AD
2
ga o’sishi yalpi taklif egri
chizig’i bo’ylab milliy ishlab chiqarish hajmining Q
1
dan Q
2
ga qadar ko’payishiga olib
kelmoqda. Biroq, bu ko’payish ayni paytda narxlar darajasini ham R
1
dan R
2
ga
oshirmoqda. Bu esa oraliq kesmada iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish resurslari asta-
sekin to’la bandlik holatiga o’tayotganligini, qo’shimcha quvvatlarning ishga
tushirilishi tobora o’sib boruvchi xarajatlar orqali amalga oshishini anglatadi. Demak,
yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning qaysi kesmasida ro’y berishidan kelib chiqqan
holda narx darajasiga turlicha ta’sir ko’rsatar ekan. Yalpi talabning kamayishi ham
turli kesmalarda turlicha kechadi. Agar yotiq kesmada yalpi talab kamaysa, milliy
ishlab chiqarishning real hajmi kamayib, narx darajasi o’zgarishsiz qoladi. Tik
kesmada narx tushadi, milliy ishlab chiqarish to’liq bandlik darajasida bo’lganligi
sababli, uning real hajmi o’zgarishsiz qoladi. Oraliq kesmada milliy ishlab
chiqarishning real hajmi qisqaradi va narx darajasi pasayadi. Ayni paytda bu yerda
shuni ta’kidlash lozimki, oraliq va tik kesmalarda yalpi talabning qisqarishi vaziyatni
murakkablashtiruvchi omillar ta’sirida birdaniga narxning pasayishiga olib kelmasligi
mumkin. Buning murakkablik tomoni shundan iboratki, tovarlar va resurslar narxi
pasayish tamoyiliga ega bo’lmaydi. Shu sababli ayrim iqtisodchilar bunday tamoyilni