• Import resurslar narxlari. Ch
  • Bozordagi hukmronlik.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet315/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Tadbirkorlik
    qobiliyati
    . Vaqt o’tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni 
    ko’payadi va bu yalpi taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, keyingi vaqtda 
    respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e’tiborning qaratilishi 
    bunday faoliyat bilan shug’ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko’payishiga 
    olib kelishi muqarrar va bu o’z navbatida yalpi taklifni oshiradi. 
    Import resurslar narxlari. Ch
    et ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda 
    yalpi taklifning ko’payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi 
    milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni 
    kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o’zgarishiga olib kelayotgan 
    asosiy omillardan biri – valyuta kurslarining o’zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday 
    ro’y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so’mga nisbatan narxi 
    tushdi, ya’ni so’mning qiymati ko’tarildi, deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har 
    bir so’m uchun ko’proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga kel
    a
    di va bu 
    milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so’mda ifodalangan narxi 
    tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini 
    ko’paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga bo’lgan 
    xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so’mga nisbatan 
    narxi oshgan taqdirda, ya’ni so’m qadrsizlanganda import resurslari narxlari 
    ko’tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar 
    ortadi. 
    Bozordagi hukmronlik.
    Resurslarni yetkazib beruvchilarning bozordagi 
    hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga 
    ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik – narxlarni raqobat mavjud bo’lgan 
    sharoitdagidan ancha yuqori o’rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK 
    mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning 
    ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft 
    narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin 
    ko’paytirdi. 80-yil o’rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining 
    sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   311   312   313   314   315   316   317   318   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish