Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

2.
Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik
– bu ilgari ta’kidlanganidek, 
milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir.
Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga to’g’ri keluvchi ishlab 
chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko’rsatkichi.
Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va 
uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli 
va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi 
va yalpi taklifning oshishiga olib keladi. 
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda 
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning 


305 
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning 
qisqarishiga olib keladi. 
3.
Huquqiy me’yorlarning o’zgarishi.
Korxonalar o’z faoliyatida amal 
qiladigan huquqiy me’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri keladigan 
xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin.
Huquqiy me’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi. 
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga 
nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi 
taklifni qisqartirishi mumkin. 
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq 
yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni 
oshiradi. 
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p 
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni 
o’zgartiradi. 
3. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat
va uning o’zgarishi 
Yuqorida yalpi talab mamlakat miqyosida iqtisodiyotning hamma bo’limlarida va 
tarkibiy qismlarida yaratilgan turli tovar va xizmatlarni sotib olishga mo’ljallangan 
pullar miqdori sifatida, yalpi taklif esa iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va hududlari, 
korxona va tashkilotlarida sotish uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning 
yalpi miqdori sifatida namoyon bo’lishini aytib o’tgan edik. 
Endi shuni ta’kidlash joizki, milliy bozorda, oldi-sotdi jarayonida pul egalari, 
ya’ni iste’molchilar ixtiyoridagi pullar tovar va xizmatlar egalariga, aksincha 
yaratilgan tovar va xizmatlar esa pul egalariga o’tishi lozim. Boshqacha aytganda 
tovarlar dunyosi bilan pul dunyosi o’rtasidagi harakat qarama-qarshi oqim hosil qiladi. 
Buning uchun esa pul egalari sotib olmoqchi bo’lgan tovar va xizmatlar tarkibi, 
miqdori, sifati hamda narxi bo’yicha ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar turi, 
miqdori, sifati hamda qiymati bilan mos tushishi lozim. Bunday moslikning qanchalik 
ta’minlanishi turli bozorlar orqali aniqlanadi va tartibga solinadi. Bu moslik darajasi 
yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat va uning o’zgarishi orqali aniqlanadi. 
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nisbatni quyidagi chizma orqali ifodalash 
mumkin (15.6-chizma). Albatta, real hayotda bunday to’liq muvozanatlik sodir 
bo’lishi juda qiyin va murakkabdir. Lekin tovar va xizmatlarning u yoki bu turlari, 
miqdori va sifati bo’yicha mos kelish hollari uchrab turadi. Yalpi talab bilan yalpi 
taklifning bir-biriga mosligi iqtisodiy muvozanat deb ham yuritiladi.

Download 8,58 Mb.
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish