302
15.5-chizma
Yalpi taklif egri chizig’i
R
Narx
AS
darajasi
III
I II
0
Y
1
Y
t
Y
Ishlab chiqarish real hajmi
Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka yoki
bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli davrdagi yalpi
taklif egri chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif egri chizig’i o’z
shakliga ko’ra chizmadagi Y
t
nuqtaga qadar joylashgan
har qanday tik chiziqdan
iborat bo’ladi. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarishga tobora ko’proq jalb etilishi
mazkur
chiziqni Y
t
nuqtaga yaqinlashtiradi va pirovardida shu nuqtada joylashgan
chiziqqa tenglashadi. Chunki qo’shimcha resurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun
vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli davrda iqtisodiyotda to’la bandlik holatiga olib
keladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi
bir oz
murakkabroq bo’lib, uchta kesmani o’z ichiga oladi.
I. Yotiq kesma.
U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib,
iqtisodiyotning
tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq kesma milliy
ishlab
chiqarish potentsial hajmi (chizmadagi Y
t
nuqta)dan ancha kam bo’lgan ishlab
chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y
1
nuqtaga qadar bo’lgan hajm)ni o’z ichiga
oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab
ishlab chiqarish quvvatlari,
mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to’liq
foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi
narx darajasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu oraliqda
ishlab chiqarish real
hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib,
yotiq kesmada narx darajasi o’zgarmagan holda milliy
ishlab chiqarish hajmini
oshirish imkoniyati mavjud.