• 5.4-chizma Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liqligi
  •  Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet311/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga 
    ta’sir qiluvchi omillar 
    Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi omillarni 
    bilish muhimdir.

    Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda ishlab 
    chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan, o’zining 
    ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha shu 
    davrdagi talabga javob beradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. 
    Bu 
    narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning 
    mavjud real hajmini ko’rsatadi.


    301 
    Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda 
    investitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari 
    taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va 
    sotishga mo’ljallangan iste’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdek, investitsiya 
    tovarlarining turlari ham juda ko’p va turli-tumandir. Lekin yalpi talab o’zining 
    ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda 
    ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga 
    mos kelishi kerak. 
    Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida 
    ifodalash mumkin (15.4-chizma). 
    5.4-chizma
    Yalpi taklif umumiy miqdorining tovarlar turlari, miqdori, sifati hamda narxiga 
    bog’liqligi 
     
    Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori 
    o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymat 
    miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. 
    Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga 
    olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida 
    to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. 
    Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi (15.5-chizma).

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish