• Yer resurslari
  • Ishchi kuchi resurslari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet314/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1.
    Resurslar narxining o’zgarishi.
    Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq 
    qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, 
    resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko’payishiga, resurs 
    narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir 
    qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Resurslar taklifining ko’payishi ular narxini pasaytiradi 
    va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa 
    qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi o’zgarishining yalpi 
    taklifga ta’sirini qarab chiqamiz. 
    Yer resurslari
    taklifi yangi yerlarning ochilishi, sug’orish inshootlarining 
    qurilishi, yerga ishlov berish texnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli ko’payishi 
    mumkin. Yer resurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning kamayishiga 
    olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. 
    Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kengayishi, dehqonchilikning intensiv 
    usullarini qo’llash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib 
    keladi. 
    Ishchi kuchi resurslari.
    Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va 
    xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa 
    sharoitlar o’zgarmay qolganda, ish haqining o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri 
    keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ishchi kuchi 
    resurslarining ko’payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish 
    haqining oshishiga olib keladi. 
    Kapital.
    Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o’stirib borsa, yalpi taklif o’sish 
    tamoyiliga ega bo’ladi. Masalan, agar jamiyat o’z daromadining asosiy qismini tejab, 
    uni investitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o’sadi. Xuddi shunday 
    asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi 


    304 
    taklif ko’payadi. Korxona o’zining eski, sifati past bo’lgan qurilmalarini yangi va 
    ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga misol bo’la oladi. Agar 
    mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif 
    qisqaradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish