306
=
15.6-chizma
Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanat
═
═
═
Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalab, bu holatga narxning muvozanatli darajasi
va milliy ishlab chiqarishning muvozanatli real hajmi orqali erishiladi.
Iqtisodiyot doimiy ravishda makroiqtisodiy muvozanat tomon harakat qiladi va
ma’lum darajada bu tenglik ta’minlab turiladi. Biroq, yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir
etuvchi omillarning o’zgarib turishi natijasida muvozanat buziladi va iqtisodiyot yangi
muvozanat tomon harakat qiladi.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanati yalpi taklif egri chizig’ining qaysi
kesmasida ro’y berishiga qarab o’ziga xos xususiyat kasb etadi.
Yalpi talab egri chizig’i yalpi taklif egri chizig’ini yotiq kesmada kesib o’tsa,
narx darajasi milliy ishlab chiqarish muvozanatli real hajmining shakllanishiga hech
qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bunda yalpi talab miqdorining o’sishi milliy ishlab
chiqarish real hajmining oshishiga, uning kamayishi esa bu hajmning kamayishiga olib
keladi. Biroq, bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi umumiy narx darajasining o’zgarishisiz
ro’y beradi (15.7-chizma).
YALPI TALAB MIQDORI
Ist
е’mol tovarlari va xizmatlari
Inv
еstitsiya tovarlari va ishchi kuchi
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor
×narxi)
Ijtimoiy nafliligi
(turlari, miqdori va sifati)
Qiymati (miqdor
×narxi)
Ijtimoiy nafliligi jihatidan
Qiymat jihatidan
Ist
е’mol tovarlari va xizmatlari