293
Milliy hisoblar tizimi – milliy
mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda
ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar tizimi.
Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga
keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan
pirovard mahsulot va
xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
Sof milliy mahsulot (SMM) – yil davomida jonli
mehnatning unumli harakati
bilan yaratilgan yangi mahsulotdir.
Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning puldagi ifodasi bo’lib,
hozirgi hisoblar tizimida SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo’li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug’urta ajratmalari,
korxona
foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib
tashlash hamda aholi qo’liga kelib tushadigan ijtimoiy to’lovlar summasini qo’shish
yo’li bilan aniqlanadi.
Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Real YAIM – narxlarning o’zgarishini hisobga olib, o’zgarmas
yoki qiyosiy
narxlarda hisoblangan YAIM.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati
chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib
olingan mahsulotlar.
Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan,
shaxsiy va unumli
iste’mol qilishga tayyor bo’lgan mahsulotlar.
Xufyona iqtisodiyot – YAIMni ishlab chiqarish,
taqsimlash va undan
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin qismi.