• Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondashuv.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet298/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    bu barcha asosiy iqtisodiy 
    jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini 
    tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar 
    tizimi.
    MHT BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar 
    tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan 
    boshlab qo’llanila boshladi. Shu davrdan (1953 yildan) buyon shu davrgacha MHT 
    to’rt marta o’zgartirilib, takomillashtirildi. Lekin u hali ham takomillashtirishga 
    muhtoj. Hozirgi davrda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan 
    O’zbekistonda mazkur tizimning takomillashtirilgan shakli qo’llanilmoqda. 
    Milliy hisoblar tizimi asosini yig’ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va 
    xarajatlar balansi misol bo’lishi mumkin. Daromadlar xo’jalik birliklari va aholi 
    umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) 
    summasini aks ettiradi. Xarajatlar to’rtta guruhdan iborat bo’ladi: iste’mol, 
    investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning 
    me’yordagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 
    Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi 
    mumkin: 
    Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha 
    yondashuv.
    Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan 
    qo’shilgan qiymatlar yig’indisi hisoblab chiqiladi. Qo’shilgan qiymatni aniqlash jami 
    ijtimoiy mahsulotdan oraliq mahsulotlar va xomashyo, yoqilg’i, materiallar qiymatini 


    289 
    chegirish orqali amalga oshiriladi. Biz YAIMni hisoblashning mazkur usuliga tegishli 
    ba’zi tushunchalar (masalan, takroriy hisob, oraliq mahsulot) va shartli misollarni 
    darslikning 2-mavzuida ko’rib chiqqan edik. Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida 
    tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini 
    beradi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish