286
mahsulot deb yuritiladi.
Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAIM qiymatini faqat
narx o’zgarmagan taqdirda o’zaro taqqoslash mumkin bo’ladi. Bundan tashqari narx
darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o’sishi) yoki deflyatsiya
(narx darajasining pasayishi) o’rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish
imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi.
Narx indeksi joriy yildagi ma’lum
guruh tovarlar va xizmatlar to’plami narxlari summasini xuddi shunday tovarlar
va xizmatlar miqdorining bazis davrdagi narxlari summasiga taqqoslash orqali
hisoblanadi.
Taqqoslashning boshlang’ich davri «bazis yil» deyiladi. Agar bu
aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko’rinishni oladi:
Amaliyotda bir qator turli xil tovar va xizmatlar to’plami yoki iste’mol savatining
narx indeksidan foydalaniladi. Farb mamlakatlari va xususan AQSHda by indekslar
ichida eng keng qo’llaniladigani iste’mol narxlari indeksi hisoblanadi. Uning
yordamida tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste’mol tovar va xizmatlarining 300
turini o’z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo
narxning ymumiy darajasini hisoblash uchyn YaIM narx indeksidan foydalaniladi.
YaIM narx indeksi ancha keng tushuncha bo’lib, u o’z ichiga nafaqat iste’mol
tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro
bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM
narx indeksi nominal YaIMni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.
Nominal YaIM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan narxlarda
ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Joriy yildagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va
to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (NI)ga bo’lishdir, ya’ni:
NI
YaIM
al
No
YaIM
al
min
Re
.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko’rsatkichi YAIM bilan birga,
uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo’lgan bir qator o’zaro bog’liq
ko’rsatkichlar mavjud bo’ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab
beradi.
YaMM va YaIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko’rsatkichi sifatida bitta
muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan
asosiy kapitalning o’rnini qoplash uchun zarur bo’lgan qiymatni ham o’z ichiga oladi.