14.1-jadval
Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish tarkibi, foizda
Ko’rsatkichlar
Yillar
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008
Sanoat
14,2
14,1
14,5
15,8
17,5
20,7
22,1
24,0
22,3
Qishloq xo’jaligi
30,1
30,0
30,1
28,6
26,4
25,0
24,0
21,7
19,4
Qurilish
6,0
5,8
4,9
4,5
4,8
4,9
5,1
5,5
5,6
Xizmatlar sohasi
37,2
38,2
37,9
37,4
37,2
38,4
39,5
39,4
43,3
Sof soliqlar
12,5
11,9
12,6
13,7
14,1
11,0
11,1
9,5
9,3
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda
ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM
hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni
bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar
yig’indisi olinadi.
Qo’shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan
(amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib
tashlangandan qolgan qismidir.
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning
bozor narxidagi summasi bo’lganligi uchun tovarning o’zi yoki uning nafliligi
ko’paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Narx
ishlab chiqarish ymumiy hajmining har xil elementlarini yagona ymumiy asosga
keltirishning eng keng tarqalgan ko’rsatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun
yalpi ichki mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi.
|