Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o’zaro aloqada va ta’sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib birlashtirgan milliy xo’jalik tizimidir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga
iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini,
bank, moliya, sug’urta, soliq, bojxona tizimlarini o’z ichiga oladi.
Makroiqtisodiyot milliy iqtisodiyot bilan birgalikda jahon iqtisodiyotini ham o’z
ichiga oladi. Bu yerda ko’proq milliy iqtisodiyot haqida so’z yuritib, jahon xo’jaligi
to’g’risida keyingi mavzularda alohida to’xtalib o’tamiz. Milliy iqtisodiyotning asosiy
funktsional ahamiyati mamlakat aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy
muammosi naqadar samarali hal etilayotgani makroiqtisodiy tahlil yordamida aniqlanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iborat. Bu
maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob’ektiv aks
ettiruvchi statistik ma’lumotlarning mavjudligi;
2) mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan
yondashuv;
3) iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy
qonunlarning ob’ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv
salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;
4) makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisodiyotini ob’ektiv
ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida
o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;
5) ishlab chiqarishni aholi daromadlari va iste’moli darajasini o’stirishga
yo’naltirish;
6) aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai
bo’lib mamlakatdagi barcha ishchi kuchlarini ish joylari hamda ular daromadlarining
oshishi bilan ta’minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqaror va samarali o’sishi
ekanligini tushunish.
Ko’pgina mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho
berilib, ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil
73
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 14-15-b.
283
qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.
Bu tizimga kiruvchi turli xil ko’rsatkichlar,