O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Xulosalar: 
 
1.
Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlar agrar munosabatlarni tashkil etadi. 
2.
Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Yer egasi 
va uni ijaraga olib foydalanuvchi (tadbirkor) o’rtasida mazkur yerdan olinadigan 
foydani taqsimlash borasidagi munosabatlar renta munosabatlari deyiladi. Yer rentasi 
yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. 
3.
Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va 
shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differentsial 
(tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan 
yerlardan olinadigan renta. 


278 
4.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va 
mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o’rtasida ishlab chiqarish 
aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. 
5.
Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, 
uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi 
iqtisodiyot tarmoqlaridir. ASM to’rtta sohani o’z ichiga oladi. Birinchi soha – qishloq 
xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari
shuningdek, qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko’rsatish bilan band 
bo’lgan tarmoqlar; ikkinchi soha – qishloq xo’jaligining o’zi; uchinchi soha – qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini iste’molchiga yetkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar 
(tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish); to’rtinchi soha – qishloq aholisi 
hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan infratuzilma (yo’l-
transport xo’jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, maishiy xizmat ko’rsatish, 
mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara xo’jaligi). 
6.
Tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo’jalik sohalaridagi shakli agrobiznes 
ko’rinishida namoyon bo’ladi. Agrobiznes tushunchasiga qishloq xo’jaligi bilan 
bog’liq bo’lgan faoliyat bilan shug’ullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq 
xo’jaligiga texnika, ta’mirlash xizmatlari ko’rsatish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik 
faoliyatidir. Agrobiznes faoliyatining maqsadi iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli 
qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali 
foyda ko’rishdan iborat. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish