268
o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy
birikish jarayonidir.
Agrosanoat integratsiyasi ko’p qirrali bo’lib, u g’oyat xilma-xil shakllarda
namoyon bo’ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya’ni butun
mamlakat ko’lami, viloyat doirasi yoki korxona darajasida yuz berishiga bog’liq.
Butun mamlakat va mintaqalar ko’lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq
xo’jaligining tarmoqlararo aloqalari kuchayishida, iqtisodiyotning oziq-ovqat (tarmoq)
va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo’lishi va rivojlanishida ifodalanadi.
Agrosanoat majmuasi (ASM)
– bu qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish,
uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan
shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlari birikmasidir.
ASM to’rtta sohani o’z ichiga
oladi.
Birinchi soha
– qishloq xo’jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib
beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga texnika
xizmati ko’rsatish bilan band bo’lgan tarmoqlar;