|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 277/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIirratsional narxlar
deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda
olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer
uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina yerni sotadi.
Boshqacha aytganda,
yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir.
Boshqa sharoitlar
teng bo’lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga
to’g’ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi
ikkita miqdorga bog’liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan yer rentasi
miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga.
SHundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
%
100
r
R
Н
Е
,
bunda: H
E
– yer narxi;
R – renta;
r
– ssuda foizi me’yori.
Faraz qilaylik, R = 15 ming doll., r
= 5%. Bunda yerning narxi (N
E
) 300 ming
doll.ga teng bo’ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki
muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan rentaga teng miqdorda
yillik daromad olish imkonini beradi.
Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi
o’sib boradi.
Er narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer
uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog’liq. Jumladan,
yerga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga
talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya
sharoitida yerga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o’sishiga olib
keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g’arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to
hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim
davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi.
|
| |