O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Asosiy tayanch tushunchalar: 
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi. 
Vaqtbay ish haqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib 
to’lanadigan ish haqi. 
Ishbay ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga 
qarab to’lanadigan ish haqi. 
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi. 


256 
Real ish haqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar 
va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati. 
Ishbay-mukofotli haq to’lash tizimi – bajarilgan ish uchun haq to’lashni 
erishilgan turli natija ko’rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo’shib olib 
borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to’lash tizimi – ishchining belgilab qo’yilgan me’yor 
doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha, 
me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha ish haqi to’lanishini 
ko’zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi – ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va 
mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi 
xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar 
majmui. 
Tarif-malaka ma’lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil 
ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar, turli 
tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi – turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo’lib, ular birinchi 
razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq 
to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi. 
Tarif stavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo’lgan 
ishchilarning mehnatiga to’lanadigan haq miqdori majmui. 
Mehnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash 
bo’yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi hujjat bo’lib, unda ish haqi 
stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va 
tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning 
o’zgarishini hisobga olib iste’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi masalalar 
ifoda etiladi. 
Kasaba uyushmasi – ish beruvchi va ishga yollanuvchi o’rtasidagi mehnat 
munosabatlarining shakllanishi, amalga oshirilishi va tartibga solinishida ishga 
yollanuvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkiloti. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish