252
bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehnatini qisqartirish; v)
pensiyaga muddatida chiqishni qo’llab-quvvatlash; g) ish haftasini qisqartirishga
yordam berish.
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o’z a’zolarini ishga
yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to’liq nazorat o’rnatadi. Kasaba
uyushmalari o’z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli
o’qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini
sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o’z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib
keladi.
3. Kasb bo’yicha malaka darajasini litsenziyalash.
Bu ma’lum mehnat turi
taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona
ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko’rsatilgan talablarga javob bergan
taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko’rsatadi. Bu talablar o’z ichiga ishchining ta’lim
darajasi, mutaxassislik bo’yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega
bo’lgan tadbirkorlarga qarshilik ko’rsatish yo’li bilan ham ish haqi stavkasini
oshirishga erishishi mumkin.
Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bog’liq
qo’shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qo’shimcha
mahsulot hajmidan ortiq bo’ladi.
Kasaba uyushmalari o’zlarining iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishlarida
manfaatlari himoya qilinayotgan mehnatkashlar guruhining kasbiy ixtisosligi
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yopiq (tor) yoki ochiq (keng) turda tashkil etilishi
mumkin.