|
Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari Pdf ko'rish
|
bet | 258/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI3. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari
Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim
berish va kasb-korlikka o’rgatish borasidagi o’zgarishlar munosabati bilan ish haqi
shakli va tizimlari ham o’zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy
shakli – vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi
xodimning
malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular
muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-
texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq
to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan
belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan,
konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo’llaniladi.
Ishbay ish haqi
ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki
bajargan ishining hajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
Mahsulot birligi uchun
to’lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga
taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi.
Ish haqi tizimi o’z ichiga haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini
hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
- to’g’ri ishbay haq to’lash tizimi;
- ishbay-mukofotli haq to’lash tizimi;
- ishbay-progressiv haq to’lash tizimi.
To’g’ri ishbay haq to’lash tizimida
ishlab chiqarish me’yori qay darajada
bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif
bo’yicha to’lanadi.
Ishbay-mukofotli haq to’lash tizimi
bir qancha ko’rsatkichlar, masalan, reja
topshirig’idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi
ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
62
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. –
T.: O’zbеkiston, 2009, 16-b.
|
| |