Foyda  massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Foyda 
massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi 
foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular 
foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag’larga (asosiy 
va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi: 
1. 
%
100
)
(
'


W
P
P

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari; 
2. 
%
100
)
(
'


àvans
K
P
P

bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; K
avans 
– korxona avanslangan 
mablag’lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o’rtacha yillik qiymati. 
Bizning misolimizdagi korxonaning «A» mahsulot ishlab chiqarishdan olgan foyda 
massasi 40 mln. so’mni, foyda normasi esa 66,7 % ((40 mln. so’m / 60 mln. so’m) × 100%) 
ni tashkil etadi.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to’g’ri mutanosib hamda 
ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag’lar qiymatiga teskari 
mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral 
ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan holda 
ikki yo’l bilan: 1) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga; 2) narxni oshirish 
hisobiga erishish mumkin.
 
Xulosalar: 
 
1.
Ishlab chiqarish xarajatlari – iqtisodiyot nazariyasining eng muhim tadqiqot 
kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning barqaror rivojlanishini 
ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va 
tarkibini aniqlashdan iborat. 
2.
Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarilgan va sotilgan 
mahsulotdan olingan pul tushumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki 
foyda olishni ham ta’minlashi kerak. Foyda – tadbirkorlik faoliyatining mazmunini 
anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga erishish ishlab 
chiqarish xarajatlariga bevosita bog’liq. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini 
tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo’g’ini hisoblanadi. 
3.
Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muayyan 
xarajatlar doirasida foyda ishlab chiqarishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta’minlashi 
kerak. Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday optimal darajaga keltirish 
kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko’p sarf talab etmasin. 
4.
Korxona umumiy xarajatlari ikkiga bo’linadi: ishlab chiqarish xarajatlari va 
muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun 
sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilg’i, energiya, ishchi kuchi, 


240 
amortizatsiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlarni realizatsiya 
jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sarflardir. Ular sof muomala va qo’shimcha muomala 
xarajatlariga bo’linadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo’shimcha 
muomala xarajatlari esa tovar narxiga kiritiladi. 
5.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari 
yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi 
xarajatlarga bo’linadi. Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va 
xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. 
Tashqi xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya 
xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan 
foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul 
to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o’z 
resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali 
amalga oshiriladi.

6.
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va 


o’zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga 
(qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy 
xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga ham bevosita 
ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud 
bo’ladi. O’zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga 
yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning 
har bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yig’indisi umumiy yoki yalpi 
xarajatlarni tashkil qiladi. 
7.
Korxona ishlab chiqarish hajmini o’stirish uchun qisqa muddatli davrda faqat 
o’zining o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini o’zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli 
xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari 
maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy bo’lib qoladi, hamda bu davrda faqat 
ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin. Boshqacha 
aytganda, qisqa muddatli davr oralig’ida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari 
o’zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa 
resurslar miqdorini ko’paytirish orqali o’zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab 
chiqarish quvvatlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin.
8.
Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat o’zgaruvchi xarajatlari miqdorini 
o’zgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning 
ishlab chiqarish quvvatlarini va butun band bo’lgan resurslari miqdorini o’zgartirish 
uchun yetarli bo’lgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish 
quvvatlarining o’zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona 
xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin.
9.
Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib 
tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Tovar va 
xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo’shimcha 
qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai 
qo’shimcha mahsulot yoki qo’shimcha qiymatdir.
 


241 
10.
Korxonaning umumiy foydasidan budjetga (asosan soliq to’lovlari), banklarga 
(olingan ssuda uchun foiz) to’lovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa korxona 
sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul 
summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil 
qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar 
miqdoriga ko’proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o’z ichiga normal foydani ham 
oladi. 
11.
Foydaning o’sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o’zgarmagan 
holda ikki yo’l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki 
narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foyda  massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish