4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab
chiqarish natijlariga o’tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni
o’z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan keyin pul
shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy
aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o’z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini
bosib o’tadi. Shu sababli uning
aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va
muomala vaqti (Mv) yig’indisidan iborat:
Mv Iv Àv
.
Sarflangan mablag’larning ishlab chiqarish jarayonida bo’lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo’lgan davrgacha o’tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo’lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat
bo’ladi:
1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);
2) turli tanaffuslar davri (Td);
3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo’lish davri (Zd).
Demak,
Zd Òd Id Iv
.
Ish davri – ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismidir . Bu vaqt
davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo’ladi. Ish davrining uzunligi
ishlab chiqariladigan mahsulot xususiyatiga, qo’llaniladigan mehnatning miqdori va
uning unumdorligi darajasiga bog’liqdir.
Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyumlariga ta’sir ko’rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqozo etadi. Birinchi holda, mehnat
214
buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik
jarayonlarning ta’siri ostida bo’ladi (quritish, achitish va shunga o’xshash jarayonlar).
Bunda mehnat jarayoni qisman yoki to’liq to’xtaydi, ishlab chiqarish jarayoni esa
davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko’ra tanaffuslar vaqti korxonalarning ish rejimi
bilan, shuningdek ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.