• 3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag’batlantirilishi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet217/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    quyidagi vazifalarni
    bajarishga qaratilgan bo’ladi:
    - ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni ta’minlash va yuqori malakaga ega 
    bo’lgan ishchilardan foydalanishga o’tish; 
    - korxona xodimlari uchun mehnatning qulay sharoitlarini ta’minlash va nisbatan 
    yuqori ish haqi belgilash orqali ish faoliyatini rag’batlantirish; 
    - korxona faoliyati samaradorligi ustidan muntazam nazorat o’rnatish, uning 
    barcha bo’linmalari ishini muvofiqlashtirish; 
    - yangi bozorlarni muntazam izlash va o’zlashtirish; 
    - korxona rivojlanishi aniq maqsadlarini aniqlash; 
    - maqsadlarning ustuvorligi, ularning ketma-ketligi va yechimning izchilligini 
    ochib berish; 
    - turli davrlarga mo’ljallangan muammolarning hal etilishi uchun chora-tadbirlar 
    tizimini ishlab chiqish; 
    - zarur resurslar va ularni ta’minlash manbalarini aniqlash; 
    - belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni o’rnatish
    50
    .
    49
    Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. / Pod obsh.rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, 
    L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.199. 


    207 
    Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy bozor tizimi 
    sifatida marketing va menejmentning rivojlantirilishi, milliy iqtisodiyotda ularning 
    usul va vositalaridan keng foydalanish pirovardida korxona va tashkilotlar 
    faoliyatining yuksalishi va iqtisodiy o’sishning ta’minlanishiga qulay zamin yaratadi. 
    3. O’zbekistonda 
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada 
    erkinlashtirilishi va rag’batlantirilishi 
     
    O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har 
    tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish 
    muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

    Mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli 


    darajalarda qo’llab-quvvatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko’rsatdi. Davlat 
    tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, 
    kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
    muayyan ishlar amalga oshirildi. Kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
    davlat va mintaqaviy dasturlari ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil 
    ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va xalqaro aloqalar yo’lga 
    qo’yilmoqda, 
    hukumatlararo 
    va 
    xalqaro 
    shartnomalar 
    tasdiqlanmoqda, 
    tadbirkorlarning jamoatchilik uyushmalari faoliyati jonlantirilmoqda, axborot 
    ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda. 
    Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining shakllanishi va 
    mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi, 
    «Madad», «Kafolat», «O’zagrosug’urta» kabi qator sug’urta kompaniyalari, 
    Respublika biznes-inkubatori, Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash 
    jamg’armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan 
    ta’minlashga ko’maklashish jamg’armasi kabi budjetdan tashqari jamg’armalarning 
    roli juda katta bo’ldi.
    O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirish 
    va rag’batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda 
    xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik 
    mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni 
    ro’yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan 
    shug’ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari 
    soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha 
    shakllari va muddatlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya 
    qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq 
    to’lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirildi. 
    Shuningdek, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes sub’ektlariga asosiy, shu 
    jumladan, talab yuqori bo’lgan moddiy resurslardan keng foydalanish imkonini 
    50
    Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. / Pod obsh.rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, 
    L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, s.212. 


    208 
    beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, o’tgan yilda O’zbekiston 
    tovar-xomashyo birjasida umumiy savdo aylanmasi qariyb 2 barobar oshdi. Bugungi 
    kunda birja tarkibida markaziy savdo maydonchasi va viloyatlardagi 12 filiallar 
    faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda akkreditatsiyadan o’tgan 2300 dan ziyod brokerlar 
    xizmat ko’rsatadi. Ixtisoslashgan savdo maydonchalarining (xorijiy mamlakatlardagi 
    maydonchalar bilan birga) soni 340 tadan oshib ketgan. Mazkur savdo maydonlarida 
    paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar, neft mahsulotlari, qora va rangli 
    metallar, polietilen, un, shakar, paxta yog’i, mineral o’g’itlar va boshqa tovarlar 
    sotilmoqda. Jumladan, birja tovar aylanmasining 2007 yildagi tarkibi quyidagicha 
    bo’lgan: iste’mol tovarlari – 22%, qurilish materiallari – 23%, neft mahsulotlari – 
    13%, paxta va undan ishlab chiqariladigan mahsulotlar – 7%, qora va rangli metallar – 
    6%, suyultirilgan gaz – 4%, polietilen – 4%, boshqalar – 21%.
    Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasi o’laroq, keyingi yillarda 
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarning yalpi ichki mahsulot hajmidagi 
    ulushi sezilarli ravishda ortib bormoqda.
    «2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi 
    barqaror rivojlandi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada 
    kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining 10 
    foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan 
    olinadigan daromad solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash 
    tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil 
    rivojlantirish uchun kuchli rag’batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so’nggi olti yil 
    mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 1,9 barobar ko’paydi 
    va 2008 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
    Kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari 
    hajmi o’tgan yili salkam 22 foizga ko’paydi. Bu sanoat tarmog’idagi o’rtacha o’sish 
    ko’rsatkichidan ancha ko’pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki 
    mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga ko’tarildi. 
    Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band bo’lgan jami aholining 76 foizdan 
    ko’prog’i aynan shu sohada mehnat qilayotgani ayniqsa e’tiborlidir».
    Mamlakatimizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi 
    iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki ham yildan-yilga kengayib bormoqda. Respublikamiz 
    mustaqilligining dastlabki yillarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
    umuman eksport faoliyatida ishtirok etmagan bo’lsa, 1996 yilga kelib bu ulush 2,5 
    foizni tashkil etgan. Mazkur ko’rsatkich 2007 yilda 14,8 foizga yetgan, ya’ni 1996 
    yildagi darajadan deyarli 6 baravar oshgan
    51

    51
    Bеkmurodov A.SH., G’afurov U.V. O’zbеkiston – iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash hamda islohotlarni 
    chuqurlashtirishning yangi va yuksak bosqichi yo’lida: O’quv qo’llanma. – T.: «Iqtisodiyot» nashr, 2008, 32-34, 59-60-
    b.


    209 
    Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlik faoliyati jadal rivojlanib, iqtisodiyotning mustaqil va samarali sektoriga 
    aylanib bormoqda. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish