• Birinchidan
  • Ikkinchidan
  • Uchinchidan
  • Beshinchidan
  • ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet208/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. 
    47
    Prеdprinimatеlpstva v kontsе ХХ vеka. M., 1992, 20-b. 
    48
    Makkonnеll K., Bryu S. Ekonomika. Printsipi, problеmi i politika.- M.: Rеspublika, 1992, s.38. 


    201 
    Tadbirkorlikning rivojlanishi, o’z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud 
    bo’lishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy 
    ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. 
    Birinchidan,
    tadbirkor xo’jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab 
    chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o’zgarishlarga moslashtirish, manbalarni 
    tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularning narxini belgilash, foydani tasarruf 
    qilish va shu kabilar bo’yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud bo’lishini taqozo 
    etadi. 
    Ikkinchidan,
    tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot 
    va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega bo’lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati 
    mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi sub’ekt 
    tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
    Uchinchidan,
    xo’jalik yuritish yo’lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash 
    imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma’lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy-
    siyosiy sharoit yaratishi zarur. 
    To’rtinchidan,
    tadbirkorlik mulkchilik va o’zlashtirish turli-tuman shakllari va 
    turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O’z navbatida mulkchilik va o’zlashtirish 
    sohalaridagi turli-tumanlilikning o’zi ob’ektiv hodisa bo’lib, ishlab chiqaruvchi 
    kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi. 
    Beshinchidan
    , yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma’lumot va malakali 
    tayyorgarlikka ega bo’lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo’yicha imtiyozlar, 
    tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo’lishi 
    tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. 
    Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo’lgan davlatlarda 
    tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot 
    sohasiga o’tib ketishi ehtimoli ham yuqori bo’ladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    ko’paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish