200
Birinchi bosqich
dastlabki bozor munosabatlari shakllanish davri – XVIII asrda
paydo bo’lib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari
bilan bog’liq. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki
tadqiqotlar ham shu davrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey
asarlarida amalga oshirilgan.
Frantsuz
iqtisodchisi
R.Kantilon
tadbirkorlikning
muhim
tavsifiy
xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko’rsatadi. Uning fikricha,
tadbirkor – voqea va hodisalarni oldindan ko’ra bilish xususiyatiga ega bo’lgan, o’z
zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o’z xatti-harakatlari tufayli
daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo’qotishlarga tayyor bo’lgan
shaxsdir
47
.
R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o’z asarlarida o’ziga xos
tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug’ulanuvchi korxona
egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to’g’risidagi nazariyalar rivojlanishining