195
d) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada
saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o’tayotgan har bir mamlakat, shu yo’llardan birini
tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi,
aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko’rsatishi, isloh
qilishning tanlab olingan yo’liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan
salbiy oqibatlarini hisobga olishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar
narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo’lini tanlab oldi. Barcha turdagi
xomashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo’la erkin qo’yib
yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga
qashshoqlashuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlashuviga olib keldi. Ishlab
chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo’jaligining izdan chiqishiga
sabab bo’ldi.
O’zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o’ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi
vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va
bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo’li tanlab olindi. Shu yo’l bilan