O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat 
bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurash.
Tarmoq ichidagi raqobat – ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega 
bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boruvchi 
kurash.
Tarmoqlararo raqobat – turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda 
normasi olish uchun olib boriladigan kurash.
G’irrom raqobat – raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof 
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy (ya’ni, 
jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur yetkazish va h.k.) 
usullaridan foydalanish. 
Halol raqobat – jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni qo’llash, 
o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat manfaatlariga zid keluvchi 
holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslangan raqobat kurashi. 


180 
Narx vositasida raqobatlashuv – ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini 
boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi 
asosidagi kurash. 
Narxsiz raqobatlashuv – asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, 
servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblangan 
kurash.
Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda 
olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni 
amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari. 
Ishlab chiqarishning to’planishi – ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to’planishi. 
Kapitalning to’planishi – qo’shimcha qiymatning bir qismini jamg’arish 
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishi.
Kapitalning markazlashuvi – bir kapital tomonidan boshqa birining qo’shib 
olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati va boshqa 
shakllarda ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o’sishi. 
Sof monopoliya – tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx 
va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi, va binobarin, foyda olishdagi 
yakkahukmronlik holati. 
Oligopoliya – tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati. 
Monopolistik raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko’p 
hamda ular o’rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo’lgan, biroq har bir ishlab 
chiqaruvchi yoki sotuvchi o’z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari 
mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum 
darajada hukmronlik holati.
Monopsoniya – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko’p 
bo’lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud 
bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati. 
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga 
bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga 
oshiriluvchi tovar bozorining holati.
Legal (qonuniy) monopoliya – qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik 
holat.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi 
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Kartel – ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy 
egaligini saqlab qolib, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota asosida amalga 
oshiriladigan bitta sanoat tarmog’idagi bir necha korxonalarning uyushmasi. 
Sindikat – ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik birlashma ishtirokchilarining 
o’zida saqlanib qolgani holda, ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil 
etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga oshiriluvchi, bir turdagi mahsulot ishlab 
chiqaruvchi bir necha korxonalarning birlashmasi.


181 
Trest – ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsortsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi. 
Kontsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, 
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi 
birlashma.

Download 8,58 Mb.
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish