a) iqtisodiyotda davlat monopolizmining har qanday namoyon bo’lishini
maksimal darajada bartaraf etish.
Buning uchun tadbirkorlikni rivojlantirish va
iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimini takomillashtirish uchun nisbatan
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chuqur institutsional islohotlar zarur;
175
b) bozor sharoitida vujudga kelayotgan monopoliyalarning bozordagi o’z
ustunlik mavqelarini suiste’mol qilish imkoniyatlarining oldini olish
O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan
siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini
vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z
egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik
muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy
yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik
shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi
bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo,
mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki
raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga
ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik
sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O’zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonun
(1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga
qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra,
bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning
bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man
etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari,
g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.
Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o’zgarishlar
tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etdi. Shunga ko’ra,
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 27 dekabrda «Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi yangi qonun
qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g’irrom raqobatning oldini olish,
uni cheklash, to’xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslari belgilab berib,
respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali
amal qilishini ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda asosan ikkita muhim yo’nalish, ya’ni birinchidan,
monopoliyaga qarshi taribga solishning printsipial yangi ko’rinishi bo’lib, u mavjud va
saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste’mol
qilishning oldini olish va unga barham berishni ko’zda tutsa, ikkinchidan, eng asosiy
muhim masalalardan bo’lib hisoblangan monopoliyadan chiqarish va sog’lom raqobat
muhitini shakllantirish ekanligi belgilab qo’yilgan.
Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda
ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga
qaratilgan. Qonunda ko’zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun, ham O’zbekiston va boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari
uchun xos bo’lgan monopolistlar xatti-harakatiga qarshi o’rnatilgan.
176
Quyidagi hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi:
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol
qilinishi (5-modda);
- xo’jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari (o’zaro
kelishilgan xatti-harakatlari) (6-modda);
- davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlarining raqobatni
cheklashga yo’naltirilgan xatti-harakatlari (7-modda);
- insofsiz raqobat (8-modda).
Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun 1992 yilda
O’zbekistonda monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligining Monopoliyaga qarshi
va narx siyosati bosh boshqarmasi sifatida tashkil etildi. Boshqarmaga ro’yxatga
kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va
rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. 1996 yilda ushbu boshqarma negizida
Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
qo’mitasi tashkil qilindi. 2000 yilda Respublika Prezidentining «O’zbekiston
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasini
tashkil etish to’g’risida»gi Farmoniga asosan monopoliyaga qarshi organ Moliya
vazirligi tarkibidan chiqarildi va mustaqil davlat qo’mitasiga aylantirildi. Keyinchalik
mazkur qo’mitaning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi Farmoniga
binoan u Monopoliyadan chiqarish, raqobatni va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
davlat qo’mitasiga aylantirildi
39
.
Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan
barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning
muhim yo’nalishlaridan biri – bu monopolist-korxonalarning tovar bozoridagi egallab
turgan ustunlik mavqeini suiste’mol qilishning oldini olish va unga yo’l qo’ymaslik
bo’yicha nazorat olib borishdan iboratdir. Aynan shu maqsadda monopolist-
korxonalar Davlat reestri yuritilib, unga muayyan tarmoqda ustun mavqega ega
bo’lgan korxonalar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasining «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to’g’risida»gi qonuni 3-moddasida «ustun mavqe» tushunchasi
quyidagicha izohlanadi: «O’rnini bosuvchisi bo’lmagan tovar bozorida yoki bir-
birining o’rnini bosadigan tovarlar bozorida xo’jalik yurituvchi sub’ektning (bir guruh
shaxslarning) o’ziga (o’zlariga) raqobatni cheklashga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatish,
boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozorga kirish erkinligini qiyinlashtirish
yoki ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini
39
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Farmoni. O’zbеkiston Rеspublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida. 2005 yil 30 aprеl.
177
beradigan hukmron mavqe. Bozordagi ulushi 65 va undan ortiq foizni tashkil etadigan
xo’jalik yurituvchi sub’ektning (bir guruh shaxslarning) mavqei ustun mavqe deb
e’tirof etiladi. Shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning bozordagi ulushi 35 foizdan
65 foizgacha bo’lib, bu hol monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan: xo’jalik
yurituvchi sub’ektning bozordagi ulushi barqarorligiga; bozordagi raqobatchilarga
tegishli ulushlarning nisbiy miqdoriga; ushbu bozorga yangi raqobatchilarning kirishi
mumkinligiga; muayyan tovar bozorini tavsiflovchi boshqa mezonlarga qarab
aniqlangan bo’lsa, uning bozordagi mavqei ustun mavqe deb hisoblanadi»
40
.
Reestrga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’z mahsulotlarining narx
(tarif)lari yoki rentabellik darajalarini Moliya vazirligida yoki joylardagi moliya
organlarida deklaratsiyadan o’tkazishlari shart.
Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning
bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu
usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:
1. Monopol mavqedagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo’yish.
2. O’z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib
tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi
366-sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va
shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan
Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni
chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga
narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga
doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi.
Keyingi yillarda Davlat reestrini yuritish uslubiyotini takomillashtirib borish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, chet el investitsiyalarining kirib
kelishi natijasida barpo etilayotgan korxonalar salmog’ining oshishi va boshqa omillar
ta’sirida ko’pgina monopolist korxonalar tovar bozorlaridagi ulushining kamayishi
munosabati bilan Davlat reestridan chiqarilmoqda. Agar 1996 yil holatiga reestrda 827
xo’jalik yurituvchi sub’ekt 4351 turdagi mahsulot, ish, xizmat bo’yicha ro’yxatga
olingan bo’lsa, 2007 yilning 1 iyul holatiga 240 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 170 ta
mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar turlari bo’yicha hisobga olingan.
Mamlakatimizda monopoliyaga qarshi siyosat olib borish natijasida so’nggi 10
yil mobaynida monopolist korxonalar soni 3,5 barobar, monopol mahsulotlar turi esa
40
O’zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni chеklash va raqobat to’g’risida. 1996 yil
27 dеkabr.- T.: “Adolat”, 2001.
178
26 barobar qisqardi. Faqat 2004-2007 yillar davomida yalpi ichki mahsulotning
umumiy hajmida monopol mahsulotlar ulushi 26 foizdan 21 foizga tushdi
41
.
Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan respublika xo’jalik
birlashmalari
(«O’zgo’shtsutsanoat»,
«Oziq-ovqat
sanoat»,
«O’zeltexsanoat»
uyushmalari va boshqalar) ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalar deyarli
qolmadi, boshqalarida esa, («O’zbekengilsanoat» DAK, «O’zdonmahsulot» AK va
boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan
bir qancha uyushmalar tugatilib, o’rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu esa
raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi.
Shuningdek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligini ta’minlash ham dolzarb
vazifa hisoblanadi. Bu masala respublikamizning 2009-2012 yillarga mo’ljallangan
Inqirozga qarshi choralar dasturida ham e’tiboga olinib, unda «joriy kon’yunktura
keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan
korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha
konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun
qo’shimcha omillar yaratish, xususan:
- aylanma mablag’larni to’ldirish uchun korxonalarga Markaziy bank qayta
moliyalash stavkasining 70 foizidan ortiq bo’lmagan stavkalarda 12 oygacha bo’lgan
muddatga imtiyozli kreditlar berish;
- tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida
tashkil etilgan korxonalarni budjetga barcha turdagi soliq va to’lovlardan – qo’shimcha
qiymat solig’i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish;
- banklar kreditlari bo’yicha to’lov muddati o’tgan va joriy qarzlar miqdorini qayta
ko’rib chiqish, budjetga to’lanadigan to’lovlarning penyasidan kechish va boshqa
muhim imtiyoz va preferentsiyalar berish»
42
belgilab berilgan. Bunday samarali chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi pirovardida mamlakatimizdagi raqobatchilik
muhitining yanada kuchayishiga imkon yaratadi.
|