O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik 
birlashma 
ishtirokchilarining o’zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab chiqarilgan 
mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali amalga 
oshiriladi. 
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko’rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsortsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta 
miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo’yish). 


172 
Kontsern 
– rasmiy jihatdan mustaqil bo’lgan, ko’p tarmoqli korxonalar (sanoat, 
savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o’z ichiga oluvchi 
birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini bosqichma-
bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo’lgan turli soha korxona va 
tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar faoliyati ustidan 
moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning sanab o’tilgan 
shakllari orasida kontsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning 
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo’ladi. 
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan 
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. 
Ikkinchidan, monopolist bo’lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga 
nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini joriy etish uchun ko’proq rag’bat va imkoniyat mavjud bo’ladi. Chunki, 
uncha yirik bo’lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan 
imkoniyatlari cheklangan bo’lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish 
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko’ra, ko’proq joriy daromadga e’tibor 
qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g’oyalar raqiblar tomonidan juda tez o’zlashtirib 
olinadi va, buning oqibatida, bu g’oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon 
qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik monopolistik firmalarda 
moliyaviy imkoniyatlar keng bo’lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning 
mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. 
Monopoliyaning 

Download 8,58 Mb.
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish