mavjud bo’lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga
«O’zDEUavto» korxonasi yaqqol misol bo’la oladi. Mazkur yirik korxona
mamlakatimizdagi yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo’lgan ko’plab
ehtiyot va butlovchi qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib
olishda yakkahukmronlik mavqeiga ega bo’ladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko’ra: tabiiy
monopoliya, legal monopoliya, sun’iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda takror
hosil qilib bo’lmaydigan unsurlari (masalan, nodir metallar, foydali qazilmalar va
h.k.)ga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur
monopoliya tarkibiga o’ziga xos texnologiyaning qo’llanishi sababli raqobatni
rivojlantirib bo’lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham kiritiladi.
Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga bo’lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo’lmagan sharoitda samaraliroq amalga oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik
ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi bilan tovar birligiga to’g’ri keluvchi
xo’jalik xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo’ladi. Shu
bilan birga, tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo’lmaydi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat. Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya
shakllarini kiritish mumkin:
1) patent tizimi –
bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni
171
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar – patentlar orqali amalga
oshiriladi;