|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 178/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI2) mualliflik huquqi
– ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati
fonogrammalari, ko’rsatuvlar, efir to’lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o’z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki
butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko’paytirishga ruxsat berish imkonini
ta’minlaydi;
3) tovar belgilari
– bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va
boshqalarni ro’yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo’yicha paydo bo’lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli (tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun) nomi.
Sun’iy monopoliya o’z manfaatlari yo’lida bozor muhiti tuzilishini ataylab
o’zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo’l qo’ymaslik uchun turli to’siqlar
hosil qiladi (xomashyo va energiya manbalarini egallab oladi; banklarning yangi
korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarining bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini beruvchi
nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo’llaydi;
- o’z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo’ladi.
Kartel
– bitta sanoat tarmog’idagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo’lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o’z mulkiy egaligini
saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot ishlab
chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo’lib olinishi va h.k. bo’yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
|
| |