O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Daromadning o’zgarishi 
bilan talab miqdori to’g’ri bog’liqlikda o’zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar 
deyiladi.
Daromadning o’zgarishi bilan talab miqdori teskari bog’liqlikda 
o’zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. 
Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori 
o’rtasidagi bog’liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan 
chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko’ra, 
iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib 
olinishi mumkin bo’lgan tovarlar miqdori o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik Engel 
qonuni deyiladi.
Bu qonunning amal qilishini 
Engel egri chizig’i
orqali ifodalash mumkin (7.2-
chizma). 
 
Oliy toifali yoki normal tovarlar uchun Engel egri chizig’i o’suvchan ko’rinishida 
bo’ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o’sib borishi bilan bu turdagi tovarlar 
ko’proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig’i pasayuvchan 
ko’rinishda bo’lib, daromadlar oshib borishi bilan iste’molchilar ularni kamroq 
miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste’moli daromad darajasiga bog’liq 
bo’lmasa, u holda Engel egri chizig’i tik holda bo’ladi.
 
Chizmadan ko’rinadiki, iste’molchining bir oylik daromadi 10 ming so’mdan 20 
ming so’mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming 
so’mdan 30 ming so’mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning 
keyingi o’sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o’sishi sekinlamoqda: 30 ming 
so’mdan 40 ming so’mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so’mdan 50 ming 
so’mgacha – 6 donadan 7 donagacha.
 
 
 


143 
7.2-chizma
Engel egri chizig’i 

Daromad, ming so’m 
 
 
0 1 2 3 4 5 6 7 8
Tovar miqdori, dona 
Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o’sishi 
butunlay to’xtagan (daromadning 60 ming so’m va undan yuqori darajalarida mazkur 
tovarning 7 donasi sotib olinmoqda). Engel egri chizig’i iste’molchilar pul 
daromadlari o’zgarishining talabga qanday ta’sir qilishi to’g’risida axborot beradi. Bu 
axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o’z tovarlarining mumkin bo’lgan sotish 
hajmi va bozor kon’yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
4. 
O’zaro bog’liq tovarlar narxi o’zgarishining talabga ta’sirini o’rganishda ularni 
ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi: 1) o’zaro bir-birini almashtiruvchi 
yoki o’rinbosar tovarlar; 2) o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tovarlar. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish