142
2.
O’z-o’zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko’paysa, talab ortadi,
iste’molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining
takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog’ozlarning
oldi-sotdi jarayonlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aktsiya
va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo’lgan talabning o’sishiga olib keladi.
Tug’ilish darajasining pasayishi bolalar bog’chasi va maktabga bo’lgan talabni
kamaytiradi.
3.
Pul daromadi o’zgarishining talab hajmiga ta’siri boshqa omillarga qaraganda
ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko’p tovarlarga talabni nisbatan
oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad
oshsa, uning o’sishiga qarab iste’molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo’lsada,
ko’proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka,
karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad
ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan,
go’sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi.