• Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi.
  • talab – bu  pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    talab – bu 
    pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir.
    Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u 
    «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Masalan, talaba yangi rusumdagi qo’l telefonini 
    xarid qilish maqsadida do’konga kirdi. Qo’l telefonining narxi 300 ming so’m bo’lib, 
    talabada faqat 200 ming so’m mavjud, deb faraz qilaylik. Bu holda talabaning yangi 
    rusumdagi telefonga nisbatan ehtiyoji talabga aylanmaydi va, binobarin, qondirilmaydi. 
    Bu o’rinda talaba yana 100 ming so’m miqdorida pul qidirib topishi yoki narxi 200 ming 
    so’mgacha bo’lgan telefon xarid qilishi mumkin. Shu holdagina uning qo’l telefoniga 
    nisbatan ehtiyoji talabga aylanadi.
    Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan 
    tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog’liqlikdan kelib chiqib, talabga 
    quyidagicha ta’rif berish mumkin: 
    ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud 
    darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir 
    bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi.
    Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning 
    ikki turi farqlanadi: yakka talab va bozor talabi. 
    Har bir iste’molchining, ya’ni 
    alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka 
    talab deyiladi.
    Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki 
    xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. 


    140 
    Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor 
    har doim ham bir xil bo’lib turmaydi, balki o’zgaruvchan bo’ladi. Talab miqdorining 
    o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir qiladi. Ularning ichida eng ko’p ta’sir qiladigan 
    omil narx omilidir. 
    Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o’rtasidagi bo’ladigan bog’liqlikni 
    quyidagi 7.1-jadval ma’lumotlari asosida qarab chiqamiz. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    talab – bu  pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish