136
- davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada
ko’proq cheklash;
- kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;
- xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat
ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni
tashkil etish;
- soliq tizimini yanada takomillashtirish;
- soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferentsiyalar berilishini
ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz
hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oladi. Ayniqsa, mazkur yo’nalishlar
orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy
iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning
rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy
o’zgarishlar, jahon bozori kon’nkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan
«chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan
iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
ijtimoiy
hayotning
boshqa
sohalaridagi
o’zgarishlarga chambarchas bog’liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalar o’rtasida jadal
isloh etish va modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va
mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilish lozim.
Shu o’rinda modernizatsiyalash jarayonining jamiyat har bir a’zosining ongliligi
va mustaqilligini oshirishdagi o’rniga alohida e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz.
Chunki, iqtisodiyot hamda mamlakat hayotining boshqa sohalarini modernizatsiyalash
eng avvalo ushbu jarayonlarda ishtirok etuvchi, ularni amalga oshiruvchi va doimiy
ravishda takomillashtirib boruvchi jamiyat a’zolari dunyoqarashi, tafakkurining
o’zgarishi, ularning demokratik va tub islohot jarayonlaridagi faolligi oshishiga
bevosita bog’liqdir.