• Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi.
  • Giffen samarasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet144/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

     
    7.1-jadval 
    Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik 
    Bir kilogramm kartoshka 
    narxi (so’m) 
    Kartoshkaga bo’lgan yakka 
    talab miqdori (bir oyda 
    kilogramm) 
    Kartoshkaga bo’lgan bozor 
    talabi miqdori (bir oyda 
    tonna) 
    700 
    600 
    500 
    400 
    300 
    10 
    20 
    30 
    50 
    60 
    10 
    20 
    30 
    50 
    60 
    Jadvaldagi misolda kartoshkaning 300 so’mdan 700 so’mgacha bo’lgan narx 
    darajalarida ularga bo’lgan talab miqdorlari ifodalangan. Ma’lumotlar tovar narxining 
    pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o’sishiga va aksincha, narxning o’sishi 
    talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko’rsatadi. Narxning eng yuqori – 700 
    so’m darajasida yakka talab (masalan, o’rtacha bir oilaning talabi) eng oz miqdor – 10 
    kg ni tashkil etgan bo’lsa, narx pasayishi bilan talab miqdori ko’payib bormoqda: 600 
    so’mda – 20 kg, 500 so’mda – 30 kg va h.k. Narxning eng past darajasi – 300 so’mga 
    talabning eng yuqori miqdori – 60 kg to’g’ri kelmoqda.
    Jadvalning navbatdagi ustunida kartoshkaga bo’lgan bozor talabi miqdori 
    ifodalangan. Bunda muayyan hududda taxminan 1000 ta oila istiqomat qiladi va 
    ularning kartoshka narxining o’zgarishiga nisbatan deyarli bir xil xatti-harakat, 
    munosabatda bo’ladilar, degan shartga asoslanildi. Misoldan ko’rinadiki, bozor talabi 
    miqdorining narxga nisbatan o’zgarishi ham yakka talabning o’zgarishiga mutanosib 
    ravishda ro’y bermoqda. 
    Tovar narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’zgarishi o’rtasida 
    bo’ladigan teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. 
    Real iqtisodiy hayotda ba’zan bu qoidaga zid bo’lgan, ya’ni ayrim tovar 
    narxining o’sishi bilan unga bo’lgan talab miqdorining yanada ortishi holati ham 
    uchraydi. Bu holat 
    Giffen samarasi
    deb (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan) 
    ataladi. Giffen kambag’al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni 
    iste’mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko’rsatgan. Tushuntirish 
    shunga asoslanadiki, kartoshka kambag’al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy 
    qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o’sishi ro’y bersa, bunda kambag’al oila 
    go’sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo’ladi, o’zining ko’p bo’lmagan 
    daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.


    141 
    Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talab miqdorining 
    kamaymasdan, aksincha ko’payishiga olib kelishi mumkin. 
    Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o’rtasidagi teskari 
    bog’liqlikni oddiy ikki o’lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: yotiq chiziq bozor 
    talabi miqdorini, tik chiziq narxni ko’rsatadi (7.1-chizma). 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish