145
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, kartoshka narxining 700 so’m darajasida
yakka taklif (masalan, bitta sotuvchi taklifi) eng yuqori miqdor – 60 kg ni tashkil
etgan. Narx pasayib borishi bilan esa taklif miqdori ham pasayib bormoqda: 600
so’mda – 50 kg, 500 so’mda – 30 kg va h.k.
Jadvalning navbatdagi ustunida esa kartoshkaning bozor taklifi (ya’ni, jami
sotuvchilar tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan) miqdori ifodalanib, u ham o’z
tavsifiga ko’ra yakka taklifga mos tushadi.
Demak, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan
tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.