129
- tub ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, jumladan: markazlashgan
rejalashtirish va taqsimlash tizimining tayanchlari bo’lgan Davlat plan komiteti,
Davlat ta’minot komiteti, Davlat narx komiteti, Davlat agrosanoat komiteti va ko’plab
tarmoq vazirliklari tugatish, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilish –
viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik institutini joriy etish. Mahalliy o’zini-o’zi
boshqarish organi tizimi – mahalla institutini rivojlantirish va mustahkamlash;
- sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan
qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta’minlovchi organga aylantirishga
qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish;
- qisqa muddatlarda mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligi,
konstitutsiyaviy tuzumni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tartibini ta’minlaydigan,
xalqaro terrorchilik, ekstremizm va narkoagressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-
xatarlarga qarshi kurashadigan milliy xavfsizlik organlari tizimini shakllantirish;
- mamlakatimizda yoqilg’i-energetika va g’alla mustaqilligiga erishishdan iborat
strategik vazifani hal etish;
- bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil
etish va raqobat muhitini shakllantirish orqali bozor munosabatlari mexanizmini ishga
tushirish;
- bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan moliya va bank tizimini
shakllantirish, milliy valyutani muomalaga kiritish;
- kuchli ijtimoiy siyosat yuritish va aholini himoya qilishning samarali
mexanizmini ishlab chiqish va muvaffaqiyatli amalga oshirish;
- mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, uning barqarorligi va
xavfsizligini ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlarni shakllantirish;
- tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish va h.k.
Belgilangan vazifalarning izchil va samarali amalga oshirilishi natijasida o’tish
davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish borasida bir qator salmoqli va
ahamiyatli natijalar qo’lga kiritildi (6.1-chizma).
Eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’lidagi tadbirlarning ahamiyatli ekanligiga baho berib, Prezidentimiz quyidagilarni
ta’kidlaydilar: «Iqtisodiy rivojlanish haqida gapirganda, markazdan rejalashtirish va
taqsimlash tizimi samarali mehnat, sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish,
tashabbuskorlik va tadbirkorlik yo’lida asosiy g’ov-to’siq bo’lib kelganini ta’kidlash
lozim. Shu sababli o’zining mutlaqo yaroqsiz ekanini ko’rsatgan bu tizimning barcha-
barcha illatlaridan butunlay voz kechganimiz ayniqsa printsipial ahamiyatga ega
bo’ldi».