O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

4.
Tarkibiy o’zgarishlar.
Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot va 
uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni 
yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta 
qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga ega 
bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
Aslini olganda, bu 
jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti barqaror amal 
qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o’tkazilib turadi. Bu yo’nalishning muhim 
ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik tizimining inqirozi eng 
avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyatsiya shaklida 
namoyon bo’ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi bozor munosabatlarining 
me’yorda qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o’tish 
davri iqtisodiyoti uchun o’ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish 
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini cheklash, davlat budjeti taqchilligini 
qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi. 
6.
Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini 
shakllantirish.
Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan. 
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining yakuniga 
yetishi o’tish davri tugaganligidan darak beradi. 
 
2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari 
va xususiyatlari 
 
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsa-da, turli mamlakatlar turli yo’llarni 
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga 
o’tishning revolyutsion va evolyutsion yo’llari mavjud. Polsha, CHexoslovakiya, 
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion 
yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yo’lini tanladilar.
O’zbekistonda esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini 
hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, 
ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin 
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li 
tanlandi. 
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish yo’li ijtimoiy-yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo’lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni 


123 
tubdan isloh qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta 
muhim tamoyil asos qilib olingan: 
- iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash; 
- o’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi; 
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar 
ustuvorligining ta’minlanishi; 
- bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash 
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish. 
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim 
ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o’tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor 
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi 
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi. 
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, Prezidentimiz shunday yozadilar: 
«Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida 
tadrijiy yondashuvni, «Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy 
tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish 
yo’lini tanladik. Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib 
qolmaslik uchun o’tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z 
zimmasiga olishi zarurligini biz o’zimizga aniq belgilab oldik». 
Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini 
o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq 
bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa 
sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyutsion yo’l bilan o’tish haqidagi g’oya juda 
muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi. 
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish tamoyilini amalga oshirish 
iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har 
biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. 
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi 
muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi: 
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy 
negizini mustahkamlash; 
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish; 
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda 
va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida keyingi sifat 
jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu 


124 
bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik 
maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish