O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

revolyutsion
yo’l 
bilan, ya’ni 
jadal usulda yoki 
evolyutsion yo’l
bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish mumkin. 
Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy 
munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» 
usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-
bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini 
shikastsiz vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyutsion 
yo’l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. 
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llarigina emas, balki uning 
andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga 
keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari 


121 
bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga 
oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, 
Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga 
o’tishning 
zarurligi 
iqtisodiy 
o’sish 
ekstensiv 
omillaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining 
pasayishi orqali ifodalanadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro’y berayotgan o’zgarishlarga juda sekinlik 
bilan moslashib borishi;
2) xo’jalik yuritish tashabbuskorligini «yo’qotib yuborish» oqibatida 
samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’plab 
mamlakatlarda umumiy tendentsiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o’zgarishlarni o’z 
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o’zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini 
amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o’zgartirish mazkur tizim asosining o’zgarishini 
hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, 
bunday turdagi o’zgarishlarni 

Download 8,58 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish