• Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish
  •  O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari 
    Bozor 
    iqtisodiyotiga 
    o’tish 
    davrining umumiy 
    mazmuni 
    iqtisodiy 
    munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar 
    kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir. 
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf 
    etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish 
    jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir. 
    1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro’y bergan muhim o’zgarishlar iqtisodiy 
    taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga 
    jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g’arb 
    mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin 
    iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solish g’oyasi ham, 
    iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g’oyasi ham 
    inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi 
    yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko’pgina rivojlangan 
    mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li – 
    ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi 
    va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o’tish 
    yo’llari (modellari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. 
    Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib, 
    quyidagi to’rtta asosiy turga bo’linadi: 


    120 
    1) rivojlangan mamlakatlar yo’li; 
    2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li; 
    3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li; 
    4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish 
    mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li. 
    Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. 
    Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni 
    maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish 
    mexanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o’ziga xos 
    xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-
    iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. 
    Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy 
    tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va 
    undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi. 
    Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning 
    bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan 
    erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining 
    muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan 
    hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa 
    yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi 
    yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan 
    iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish 
    sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan 
    bir-birlaridan farqlanadi.
    Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo’jalikni sotsializm qurish g’oyalari 
    asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g’oyalarning muhim jihatlarini saqlab 
    qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg’unlashtirish orqali o’ziga xos o’tish yo’lini 
    yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko’rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, 
    Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan 
    mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga 
    keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor 
    iqtisodiyotiga o’tish yo’llarining o’ziga xos xususiyatlaridir. 
    Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     O’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish